Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlar qo‘lga olindi (video)

Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlar qo‘lga olindi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar keksa ayolning ustidan shafqatsizlarcha kulgani aks etgan qisqa video tarqaldi, deb yozadi Daryo.

Unda ikki yigit ayolning ortidan borib, uning boshiga chelak kiygizgani, so‘ng ulardan biri ayolni mushti bilan urganini ko‘rish mumkin. Ayol esa mo‘nkib, yiqilgan. Bezorilarning uchinchi hamtovog‘i hujumni videoga olgan.

Voqea Samarqanddagi «Shodiyona» savdo markazida yuz bergani taxmin etilmoqda. Mazkur videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi nashrga tasdiqlashicha, yigitlar qo‘lga olingan, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keyinroq e’lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.