Bosh prokuror, Milliy gvardiya qo‘mondoni va Ichki ishlar vaziriga hududlar biriktirildi

Bosh prokuror, Milliy gvardiya qo‘mondoni va Ichki ishlar vaziriga hududlar biriktirildi
Prezident qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun hududlar quyidagicha biriktirildi:

- Bosh prokurorga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;

- Milliy gvardiya qo‘mondoniga – Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;

- Ichki ishlar vaziriga – Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari.

Shuningdek, respublikaning barcha hududlarida quyidagicha amaliyot bosqichma-bosqich joriy etiladi:

- prokuratura organlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan birgalikda mahallalar kesimida jinoyatlar aks ettirilgan tuman (shahar)larning elektron geoinformatsion xaritalari tuziladi va tizimli yuritiladi;

- xavflarni hamda jinoyatlarning sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash, ularning oldini olish bo‘yicha o‘z strategiyalarini ishlab chiqadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.