Toshkent markazidagi qahvaxonada bezorilik qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent markazidagi qahvaxonada bezorilik qilganlar qo‘lga olindi
2018 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Pablo” qahvaxonasi oldida noma’lum shaxslar bezorilik sabab, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi M.X. va Buxoro shahrida yashovchi I.S.larni bosh va yuz qismlariga urib-tepib, M.X.ga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada M.X. va I.S.lar kasalxonaga yotqizilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.