Poytaxt koʻchalarini suv bosdi, Toshkent viloyatida esa doʻl yogʻdi (foto, video)

Poytaxt koʻchalarini suv bosdi, Toshkent viloyatida esa doʻl yogʻdi (foto, video)
Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”
Kuchli yomgʻir sabab Toshkent shahri koʻchalarini yana suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holatlarni aks ettirgan foto va videolarni joylashmoqda.
Poytaxt koʻchalarini suv bosdi, Toshkent viloyatida esa doʻl yogʻdi (foto, video)
Foto: “Voditeli Tashkenta”

Yuqoridagi videolavhada Yunusobod tumanidagi “Megaplanet” supermarketi atrofidagi holat aks etgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, ushbu koʻchada yigʻilgan suv sathi avtomobil yoritgichlari darajasigacha koʻtarilgan va ayrim avtomobillar yoʻlning oʻrtasida oʻchib qolgan.

Toshkent shahrida kuchli yomgʻir yogʻayotgan bir paytda, Toshkent viloyatiga doʻl tushdi.
“Oʻzgidromet” respublikamiz boʻylab yomgʻirli ob-havo ertadan nihoyalashini va shu bilan oy oxiriga qadar boshqa yogʻingarchilik kuzatilmasligini maʼlum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.