Oliygoh talabalaridan o‘rnak olib avtomobilingizni to‘g‘ri to‘xtagan holda qoldiring

Oliygoh talabalaridan o‘rnak olib avtomobilingizni to‘g‘ri to‘xtagan holda qoldiring
Qonunchilikda Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 10 aprel kunidan boshlab haydovchilar o‘z transport vositalarini yo‘l qismida bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirish zarur.

«Muhammad al-Xorazmiy» nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi yaqinidagi yo‘lda YPX inspektorlarining tushuntirish ishlari natijasida haydovchilar YHQga muvofiq to‘xtashmoqda. YHXB xodimlari haydovchilar bilan suhbat o‘tkazib, ularga yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida so‘zlab berishdi.

Barcha haydovchilar shundan o‘rnak olishlari kerak, har doim va har yerda o‘z avtomobillarini bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirishlari zarur.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.