Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi

Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi
MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Toshkentdagi Yunusobod tuman 7-bo‘limi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Mehmonlar interaktiv ko‘rinishda foto va videomateriallar yordamida ushbu bo‘lim ish faoliyati va so‘nggi 2 yil ichida ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishdi.
Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi
O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan 2018 yil fevrailan boshlab har bir tumanda 7tadan 9tagancha hududiy bo‘linmalar tashkil qilingan edi. Shundan so‘ng IIBning asosiy ish prinsiplari ham belgilab olingan edi . Yangi qonunda IIB mahalla qo‘mitalari va davlat organlari bilan birgalikda harakat qilishi, qonunbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va jonoyatlarning oldini olish belgilab berilgan. Mehmonlarga, shuningdek bo‘lim faoliyatida yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda moto texnika namoyish qilindi.
Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 30 maydan 1 iyunga qadar MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Kengashi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Majlisda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirlari ishtirok etishdi.
Hamdo‘stlik davlatlari ichki ishlar vazirlari Toshkentda jamlanishdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.