Toshkent aeroporti hodimi suv oqishi sababini tushuntirdi (video)

Toshkent aeroporti hodimi suv oqishi sababini tushuntirdi (video)
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalini suv bosdi.Terminalga yaqinlashgan ob’ektlar ham suv tagida qoldi, deya yozadi «Gazeta.uz».

Kuchli yomg‘ir sabab Nur-Sulton va Moskvadan uchgan samolyotlar Toshkent aeroportiga qo‘nmay, Samarqandga yo‘naldi.
Aeroportda qayd etilganidek, suv toshqiniga terminalga ulangan shaharning drenaj tizimi qoniqarsiz ishlagani sabab bo‘lgan.

«Terminalga ulangan drenaj tizimi suv bilan to‘lgan va unga hech kim chora ko‘rmagan. Shuning uchun, tomdan kelgan oqim tiqilib qolgan. Keyin esa suv boshqa yo‘l bilan chiqib ketgan, natijada chakka o‘tish holati yuzaga kelgan», — deydi aeroport xodimi.

Suv kanalizatsiyaga ketmagani bois, hojatxonaga qarab oqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.