Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)

Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jangovar mashinalarni haydash fani doirasida navbatdagi murakkab amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bilim yurti dala o‘quv maydonida zirhli texnikalarning kechuvdan o‘tish va suv ostida harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamalashga ixtisoslashgan mashq nuqtasi joylashgan.

Avvaliga g‘avvoslar guruhi mashq bajariladigan suv havzasi tubini ko‘rikdan o‘tkazdi. Kechuvdan o‘tishdan oldin zirhli texnikaning sozligi va ekipajning mashg‘ulotni bajarish uchun jismoniy holati va ruhiy tayyorgarligi tekshirildi.
Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bo‘lajak ofitserlar T-62 tankida kechuvdan o‘tish, suv ostida harakatlanish mashqini bajardi. Shuningdek, piyodalar jangovar mashinalarida suv yuzasida suzib o‘tishni o‘zlashtirdi. Ushbu o‘quv amaliyoti zirhli texnikani suvda boshqarishdan tashqari tank ekipajining uyushqoqlik bilan harakat qilishi va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlaydi. Ya’ni ularda murakkab sharoitlarga tushib qolganda to‘g‘ri yo‘l tutish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Tankning suvga tushishdan oldin yo‘nalishni to‘g‘ri olishi mashqni muvafaqqiyatli yakunlashda muhim o‘rin tutadi. Mashg‘ulot tartibiga ko‘ra zirhli texnika kechuvga sekin tushiriladi va suvdan chiqqach, yuqori tezlikda haydab ketilishi kerak. Mashqlarning to‘g‘ri va aniq bajarilishini mashg‘ulot rahbarlari kuzatib bordi. Kun davomida mashqlar rejada belgilanganidek muvaffaqiyatli bajarildi.

Shuningdek shu kunining o‘zida BMP-2 piyodalar jangovar mashinasida ham suv yuzasida suzib o‘tish mashqlari o‘zlashtirildi.
Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Suv ostida tanklar harakatlanish mashqlarini bajardi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.