O‘zbek shou-biznesi yulduzlari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...

O‘zbek shou-biznesi yulduzlari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...
Bugun, 25 iyun kuni o‘zbek shou-biznesi vakillari yangi chellenjni boshlab yubordilar, ya’ni qo‘shiqchilar «Instagram»dagi o‘z sahifalarida Gulnora Karimovaning rasmlarini joylab, post qoldira boshladilar, deb yozadi «Repost.uz» nashri.

Qo‘shiqchi va aktyor Jahongir Poziljonov «Instagram» sahifasida Gulnora bilan tushgan rasmini joyladi va: «Sizni sog‘indik, tezroq eson-omon oilangiz bag‘riga qayting. Sihat-salomatlik tilaymiz» deya post qoldirdi.
O‘zbek shou-biznesi yulduzlari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...
Komik aktrisa Halima ham mazkur chellenjga qo‘shildi va «Ollohim qo‘llasin. Farzandlaringizga bosh bo‘ling, tanu joningiz sog‘ bo‘lsin. Sizning duogo‘ylaringiz ko‘p. Siz mening kumirimsiz» deya post qoldirdi.
O‘zbek shou-biznesi yulduzlari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...
Qo‘shiqchi Ziyoda ham ushbu chellenjdan chetda qolmadi: «Eson-omon oilangiz bag‘riga qayting» deb yozdi u.
O‘zbek shou-biznesi yulduzlari Gulnora Karimovani sog‘inib qolishgan ekan...
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova so‘nggi 6 yilda ilk marta o‘zbek xalqiga murojaat etgani xabar qilingan edi. Murojaatda Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragan va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytarganini ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.