Toshkentda 23 yoshli qizni urib tan jarohati yetkazgan yigit va qiz qo‘lga olindi

Toshkentda 23 yoshli qizni urib tan jarohati yetkazgan yigit va qiz qo‘lga olindi
Joriy yilning 3 avgust kuni taxminan soat 6:30da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida 27 yoshli Abduqodir I. va 25 yoshli Sagdiana R. jamoat joyida 23 yoshli Nasibaxon Y.ga hujum qilib, unga tan shikastlari yetkazishgan.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, natijada jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. O‘tkazilgan tadbirlar davomida Abduqodir I. va Sagdiana R.lar poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (\"Bezorilik\") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.