Putin Shavkat Mirziyoyevni G‘alaba paradiga taklif qildi

Putin Shavkat Mirziyoyevni G‘alaba paradiga taklif qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 2020 yil 9 mayda Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga taklif qildi.
Ma’lum qilinishicha, paradga MDH davlatlarining barcha yetakchilari hamda Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari taklif etilgan.

Avvalroq G‘alabaning 75 yilligiga Putin Fransiya, Xitoy, AQSh, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston yetakchilarini taklif qilgani ma’lum qilingandi.
Ta’kidlanishicha, 2015 yilda G‘alabaning 70 yilligiga Moskvadagi paradga 23 ta davlat rahbari hamda BMT va YuNESKO rahbarlari kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.