Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video)

Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video)
Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qildi. Bu haqda «Daryo»ga qo‘mita mutasaddisi ma’lum qildi.

Inspektorlarga qarata uzilgan o‘qlar ular mingan avtomashinaning 10 ta joyiga teggan. Kishilar omon qolgan.
Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video)
Ta’kidlanishicha, noqonuniy ovchilar 4-5 kishidan iborat bo‘lib, ularga o‘rmon xo‘jaligi xodimi ham hamrohlik qilgan.

Ovchilarning kiyik ovlashga chiqqanligi aytilmoqda.
Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video)
— Kecha bizga qorao‘zaklik noqonuniy ovchilar kiyik ovlashga chiqqan, degan signal bo‘lgan edi. Ular mashinasida kiyik bo‘lganligi uchun qo‘lga tushmaslikka harakat qilib qochgan va inspektorlarning avtomashinasiga qarata o‘q uzgan. O‘qlar avtomobilning radiatori va kapotiga tegib, yura olmay qolgan, — deydi ismi-sharifini ochiqlamagan mutasaddi.
Kiyik oviga chiqqan brakonerlar inspektorlarning mashinasiga qarata o‘q uzdi (foto, video)
Ayni paytda brakonerlar qo‘lga olingan va Qorao‘zak tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanmoqda.
Hozircha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatidan bu to‘g‘risida ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, brakonerlar 20 bosh kiyikni otib o‘ldirgan.

Опубликовано Наргис Косимова Пятница, 6 сентября 2019 г.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.