O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida “Jiu-jitsu sportini yoshlar orasida yanada ommalashtirishning istiqbolli rejasi” mavzuiida O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir boshida O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirib o‘tildi. Mazkur o‘zgarishlarga muvofiq:
O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi
Jasur Jo‘rayev

Jasur Jo‘rayev O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi
Kamol Usmonov

Kamol Usmonov O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi
G‘ayrat Nabiyev

G‘ayrat Nabiyev O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Yig‘ilish davomida federatsiya raisi o‘rinbosari K.Usmonov tadbirdan ko‘zlangan maqsad rejaga asosan bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va kuchli sportchilarni respublikamizda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga olib chiqib, g‘olib bo‘lgan sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.