Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev 235 nafar xodimi bilan paxta terimiga chiqdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev 235 nafar xodimi bilan paxta terimiga chiqdi
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasining 235 nafar xodimi o‘z tashabbuslari bilan Chinoz tumanidagi «Abdusattorov Abduqahhor» fermer xo‘jaligi maydonida paxta terimida ishtirok etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita xodimlari 9,4 tonnadan ko‘proq paxta terdi. Faolligi bilan ajralib turgan terimchilar qo‘mita rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan rag‘batlantirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.