Joriy yilning 9 oyi davomida respublikamizda qancha jinoyat sodir etilganligi ma’lum qilindi

Joriy yilning 9 oyi davomida respublikamizda qancha jinoyat sodir etilganligi ma’lum qilindi
Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Vazirlik bosh boshqarma, boshqarma, IIV akademiyasi boshliqlari va mas’ul xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Joriy yilning 9 oyi davomida respublikamizda qancha jinoyat sodir etilganligi ma’lum qilindi
Shuningdek, anjumanda so‘nggi vaqtlarda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq turli xildagi axborot materiallarni tarqatilishi natijasida ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolarimizda paydo bo‘layotgan bir qator savollarga javob berishdi.

Shu oʻrinda yana raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, joriy yilning 9 oyi davomida respublikamizda jami 25 ming 344 ta jinoyat sodir etilgan. Joriy yilda sodir etilgan jinoyatlar avvalgi yilga nisatan 8 ming 899 taga kamayishiga erishilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ham respublika avtomobil yo‘llarida 3 million 713 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.