Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)

Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, yerusti halqa metrosining qurilishi bilan tanishgan. Ayni paytda “Do‘stlik-2” va “Ohangaron” bekatlari qurib bitkazilgan.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Uzunligi qariyb 55 kilometr bo‘lgan mazkur transport tarmog‘ining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod. Loyiha besh bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Bugungi kunda uning birinchi bosqichi — metropolitenning “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 11 kilometrlik qismi qurilmoqda. Bu yo‘nalishda 7 ta bekat bo‘ladi.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Davlat rahbari yangi keltirilgan poyezdga chiqib, mazkur bekatlar oralig‘ida yurib ko‘rgan, stansiyalarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Bekatlar yo‘lovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yo‘lkirani elektron to‘lash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘lning qolgan qismida ham poydevorlar quyulib, tayanch ustunlar o‘rnatish yakunlangan. Balkalar o‘rnatish, bekatlar qurish ishlari davom etmoqda.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Loyihaning ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozori bilan “Olmazor” bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo‘lgan qism quriladi. So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do‘stlik” bekatiga ulanadi.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Shuningdek, prezident Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishining qurilishi bilan ham tanishgan.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Loyihaning umumiy qiymati 82,6 million dollar bo‘lib, 7 kilometr temir yo‘l va 6 ta bekat qurilishi belgilangan. Sergeli yo‘nalishi Chilonzor liniyasining \"Olmazor\" bekatiga ulanadi.
Yerusti metrosining 2 ta bekati qurib bitkazildi (foto)
Shu tariqa katta aholiga ega Sergeli tumani shahar markazi va boshqa tumanlari bilan yana bir transport vositasi orqali bog‘lanadi. Jumladan, Sergelidan metroga o‘tirgan yo‘lovchi \"Buyuk ipak yo‘li\" bekatigacha almashmasdan yetib olishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.