Mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chipta sotishga ruxsat berildi

Mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chipta sotishga ruxsat berildi
Mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotishga ruxsat berildi
O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarda harakatlanayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotilishiga ruxsat berildi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati xabariga ko‘ra, bu ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarish 2019 yil 8 dekabrdan boshlab amal qiladi. Shu sanadan e’tiboran mahalliy yo‘nalishlardagi barcha poyezdlarga 60 kun oldindan chiptalar sotib olish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu muddat bundan avval 45 kunni tashkil qilgan.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin ekani bildirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.