Tadbirkor naqd pul qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qo‘llaydi

“Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda prezidentning farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o‘tadilar (istisno holatlar mavjud).
Qaror bilan, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan onlayn - NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olish hamda texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.
Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda prezidentning farmoni bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda o‘tadilar (istisno holatlar mavjud).
Qaror bilan, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan onlayn - NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olish hamda texnik xizmat ko‘rsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.
Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













