Xorijga chiqish biometrik pasportini qanday hollarda 5 ish kunida olish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga alohida hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni 5 ish kunida ko‘rib chiqish mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, buning uchun fuqarolar hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
- fuqaroning xorijda shoshilinch davolanishi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligini tasdiqlovchi respublika yoki viloyat miqyosidagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar;
- yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish zaruriyati yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning xodimlari haqidagi talabnomalar;
- xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatlar.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, buning uchun fuqarolar hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
- fuqaroning xorijda shoshilinch davolanishi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligini tasdiqlovchi respublika yoki viloyat miqyosidagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar;
- yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish zaruriyati yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning xodimlari haqidagi talabnomalar;
- xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatlar.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













