Yangi Zelandiyada vulqon otilishi qurbonlari soni 17 kishiga yetdi

Yangi Zelandiyada vulqon otilishi qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Yangi Zelandiyaning Uayt-Aylend orolida vulqon otilishi qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Mazkur hodisa 9 dekabr kuni ro‘y bergan, bu payt orol va uning atrofida 47 kishi, jumladan, mahalliy aholi hamda Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Malayziyadan kelgan sayyohlar bo‘lgan.

Vulqon otilishidan keyin rasmiylar 9 nafar qurbon haqida xabar berdi, keyinchalik bir kishi kasalxonada olamdan o‘tdi. 13 dekabr kuni tashkil etilgan qidiruv operatsiyasi davomida 6 kishining jasadiga duch kelingandi.

Yangi Zelandiya radiosiga ko‘ra, kasalxonada jabrlanganlardan yana biri vafot etgan.
Hozirda ikki kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Ma’lumot uchun, Uayt-Aylend Yangi Zelandiyadagi yagona faol vulqon oroli hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.