Jizzaxda bojxonachilar tomonidan 20 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Jizzaxda bojxonachilar tomonidan 20 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida pirotexnika vositalarini sotish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.S. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Natijada avtoulovning orqa o‘rindig‘ida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 20 400 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.