O‘zbekistonda pichoq olib yurganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda pichoq olib yurganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
13 va 14 yanvar kunlari 2 kun mobaynida Toshkent shahrida fuqarolardan jami 32 dona pichoqlar rasmiylashtirib olingan, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB tashabbusi bilan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

«Sizning fikringiz biz uchun ahamiyatli. Siz nima deb o‘ylaysiz pichoq olib yurganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish vaqti kelmadimikan?!» — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, fuqarolar o‘z fikr va mulohazalarini qoldirishlari mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.