Toshkentda yonida pnevmatik pistolet va tropikamid olib yurgan shaxs ushlandi

Toshkentda yonida pnevmatik pistolet va tropikamid olib yurgan shaxs ushlandi
Foto: Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi
Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati xodimi Q.Axmedov va Milliy gvardiya xodimi 16 fevral kuni soat 20:30 larda Uchtepa tumanida harakatlarida shubha uyg‘otgan noma’lum shaxs hujjatlari tekshirilish uchun to‘xtatilganda qochib ketmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xodimlar qochgan fuqaroni ushlab, o‘tkazgan tintuvida uning cho‘ntagidan Pnevmatik pistolet, 3 dona «Tropikamid» va 4 dona «Regaped» nomli psixotrop dori vositasi borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.