Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan shaxs cho‘ntagidan xat chiqdi...

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan shaxs cho‘ntagidan xat chiqdi...
Shu yilning 22 fevral kuni Samarqandning Payariq tumani Ko‘ktepa qishlog‘idagi raqamsiz uyda qirq yashar J.G. o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eng dahshatlisi - marhumning cho‘ntagidan topilgan xatda u besh kun burun - 17 fevral kuni Jizzax shahri Kimyogar mahallasidagi xonadonda o‘z turmush o‘rtog‘i N.ni (1991 y.t.) qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketganini bayon qilgan edi.
Marhum xatida ko‘rsatilgan xonadon ko‘zdan kechirganida, darhaqiqat, ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi.

Holat yuzasidan shu kuniyoq Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.