Qalbaki pul ishlab chiqarayotgan “ishbilarmon”lar qo‘lga olindi

Qalbaki pul ishlab chiqarayotgan “ishbilarmon”lar qo‘lga olindi
Soxta kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.S. qalbaki 1 mln 550 ming so‘mni fuqaro S.X.ga o‘tkazgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu qalbaki kupyuralarni fuqaro E.S. tanishi O.O. bilan oldindan til biriktirib, kompyuter va rangli printerdan foydalangan holda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, jami 5 mln so‘m bo‘lgan 50 000 so‘mlik qalbaki kupyuralar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qalbaki pul ishlab chiqarayotgan “ishbilarmon”lar qo‘lga olindi
Mazkur holat yuzasidan E.S. va O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.