Hukumat tarkibidagi 5 ta muhim o‘zgarish rasman tasdiqlandi

Hukumat tarkibidagi 5 ta muhim o‘zgarish rasman tasdiqlandi
Prezidentning tegishli farmonlariga asosan:
• Kuchkarov Jamshid Anvarovich Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan Bosh vazirning o‘rinbosari – moliya vaziri lavozimidan ozod etildi;
• Ishmetov Timur Amindjanovich moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli qarorlariga asosan:
• Nasritdinxodjayev Omonullo Zabixullayevich moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
• Farxod Nuritdinovich Arziyev tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
• Ilxomjon Ne’matov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.