O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar keladi

O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar keladi
Foto: Hector Retamal/Agence France-Presse — Getty Images
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.
Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga Xitoydan mutaxassislar keladi.

«Prezidentimiz xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olish bo‘yicha topshiriq berganlar. Bu tez kunda sodir bo‘lishi mumkin.

Biroq shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham har bir qadamda Xitoy tajribasi inobatga olinmoqda
», — dedi Nurmat Otabekov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.