Toshkent viloyatidagi YTH natijasida haydovchi "Neksiya" ichidan chiqolmay yonib ketdi

Toshkent viloyatidagi YTH natijasida haydovchi "Neksiya" ichidan chiqolmay yonib ketdi
15 aprel kuni soat 21:00larda, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Turkiston QFY, Alimbuva MFY, Ramadan ko‘chasida haydovchi 1995 y.t. I.A. “Neksiya”sida maxsus stikersiz Yoshlik ko‘chasi tomonga ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketadi.

Oqibatda, qarshisidan o‘z yo‘nalishida kelayotgan haydovchi 1968 y.t. M.N. boshqarusidagi maxsus stikersiz “Lasetti” bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

To‘qnashuvda “Neksiya” yonib ketgan. Natijada, “Neksiya” haydovchisi I.A. YTH joyida vafot etgan, “Lasetti” ichidagi yo‘lovchi D.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.