Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 3ta yangi modda bilan to‘ldiriladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 3ta yangi modda bilan to‘ldiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 193-4, 193-5, 193-6-moddalar bilan to‘ldiriladi.

Ularga ko‘ra:
193-4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

193-5-modda. Fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik
Fuqarolar yig‘inining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

193-6-modda. Fuqarolar yig‘ini xodimlari faoliyatining kafolatlarini buzish
Fuqarolar yig‘ini xodimlari faoliyatining qonun hujjatlari bilan berilgan kafolatlarini buzish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
- davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi;
- ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.