O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda (foto)

O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda (foto)
Markaziy harbiy okrug hududidagi «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oyalar» asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda (foto)
Izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli «Nona» o‘ziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi.

Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda (foto)
Shuningdek, «Bo‘ron» deya nom berilgan «GM-21 MK» rusumli «KamAZ» va «Ural» texnikasiga o‘rnatilgan 122 millimetrli «DM-21» markali o‘ziyurar artilleriya to‘p-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.