Zoyir Mirzayev: «Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku»

Zoyir Mirzayev: «Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku»
Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati
Qashqadaryo viloyatida karantinga yopilgan bozorlar soni yettitaga yetdi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev «Bir hududda bir kun» loyihasi doirasida G‘uzorga tashrifi davomida tumandagi «Karvon» bozorining karantin qoidalariga amal qilmay ishlayotganiga guvoh bo‘lgan.
Zoyir Mirzayev: «Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku»
Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati
Bu bozor virus uchun tayyor o‘choqku, — degan viloyat rahbari. — Bozorning 9 ta kirish joyi bor, qani sanitariya, profilaktik tadbirlar yo‘q. Bozor tezkor dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun karantinga yopiladi. Ushbu masalada Prezident Shavkat Mirziyoyev ham alohida to‘xtalib, «Temir intizom va yuksak mas’uliyat bilan kechayu kunduz ish davom etishi kerak», deya ta’kidlagan edi.

Shunday qilib, «Karvon» bozori viloyatda karantinga yopilgan yettinchi bozor bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.