O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni keskin o‘sib 4200ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni keskin o‘sib 4200ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 87 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4181 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan
», deyiladi vazirlik xabarida.

6 iyun kuni jami 87ta yangi holat qayd etildi (shundan 20tasi aholi orasida), 1 kishi vafot etdi. Toshkentda 21 bemor sog‘aydi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3268 nafarga yetdi.

Shifoxonalarda 896 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.