Qamchiq dovonida Isuzu va Howo yuk mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
A-373 Toshkent—O‘sh yo‘lida Isuzu yuk mashinasi hamda Howo ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 25 iyun kuni soat 09:50 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga ma’lumot kelib tushgan. Unda Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgan. Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!A-373 Toshkent—O‘sh yo‘lida Isuzu yuk mashinasi hamda Howo ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 25 iyun kuni soat 09:50 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga ma’lumot kelib tushgan. Unda Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgan. Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













