Toshkent tumanida quduqqa tushgan ikki nafar fuqaro hayoti saqlab qolindi

Toshkent tumanida quduqqa tushgan ikki nafar fuqaro hayoti saqlab qolindi
Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkent viloyati Toshkent tumani «Bunyodkor» mahallasi Yangi zarbuloq ko‘chasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv uchun mo‘ljallangan chuqurligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan quduqqa uning ichidagi yog‘ochlarni olib chiqish uchun tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qolgan. Unga yordam berish uchun tushgan fuqaro B.U.ning ham sog‘lig‘i yomonlashgan.
Toshkent tumanida quduqqa tushgan ikki nafar fuqaro hayoti saqlab qolindi
Foto: FVV matbuot xizmati
Shu vaqt quduq ichidan yordam so‘rab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaro A.A.ning o‘g‘li qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida hushini yo‘qotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatdi. Shu tariqa ikki nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi, deyiladi ma’lumotda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.