149,2 million so‘mlik ehtiyot qismlarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avtomobil ehtiyot qismlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Tadbir davomida, fuqaro K.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 149,2 million so‘mlik 4984 dona avtomobil ehtiyot qismlari hamda qo‘shimcha jihozlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avtomobil ehtiyot qismlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Tadbir davomida, fuqaro K.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 149,2 million so‘mlik 4984 dona avtomobil ehtiyot qismlari hamda qo‘shimcha jihozlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













