Zominda qor yog‘di

Zominda qor yog‘di
Bugun, 10 oktabr kuni tunda Jizzax viloyati, Zomin tog‘ yonbag‘irlarida qor yog‘di. Ushbu hodisa aks etgan fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Zominda qor yog‘di
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, mamlakatimizga kirib kelgan sovuq havo bugun ham respublika hududida davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5-7 darajaga me’yordan past.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi, harorat 0-5 darajani tashkil etilishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.