Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Bojxona organlari tomonidan noqonuniy ravishda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.
Xususan, “Toshkent - AERO” IBKning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston fuqarosi O.K. o‘zining “DAMAS” rusumli avtomashinasida 1 dona karton qutiga joylangan dori vositalarini noqonuniy tarzda shartli xaridorga jami 120 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Karton quti o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ichida umumiy qiymati 120 million so‘mlik jami 200 quti “REMDESIVIR 100 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda ushbu xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xususan, “Toshkent - AERO” IBKning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston fuqarosi O.K. o‘zining “DAMAS” rusumli avtomashinasida 1 dona karton qutiga joylangan dori vositalarini noqonuniy tarzda shartli xaridorga jami 120 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Karton quti o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ichida umumiy qiymati 120 million so‘mlik jami 200 quti “REMDESIVIR 100 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda ushbu xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













