Mashina xatlangach 5 oydan buyon to‘lanmagan qarzdorlik bir kunda to‘landi

Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvchiga 2020 yilning 18 noyabr kuni ma’muriy jarima undirish bilan bog‘liq navbatdagi ijro hujjati kelib tushdi.
Unga ko‘ra N.X. nomidagi «Matiz» avtomashinasi 2020 yilning 14 sentabr kuni tezlikni oshirganligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida (1 115 000 so‘m) ma’muriy jarimaga tortilgan. Belgilangan 2 oylik muddatda jarima to‘lanmaganligi sababli, IIB YHXB tomonidan qarzdorlikni undirish Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilgan.
Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan, qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, joriy yilning 6 fevral kuni ushbu avtomashina xatlab olindi. Shundan so‘ng, qarzdor tomonidan 1 115 000 so‘m mablag‘i zudlik bilan to‘lab berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Unga ko‘ra N.X. nomidagi «Matiz» avtomashinasi 2020 yilning 14 sentabr kuni tezlikni oshirganligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida (1 115 000 so‘m) ma’muriy jarimaga tortilgan. Belgilangan 2 oylik muddatda jarima to‘lanmaganligi sababli, IIB YHXB tomonidan qarzdorlikni undirish Majburiy ijro byurosiga o‘tkazilgan.
Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan, qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, joriy yilning 6 fevral kuni ushbu avtomashina xatlab olindi. Shundan so‘ng, qarzdor tomonidan 1 115 000 so‘m mablag‘i zudlik bilan to‘lab berildi.
Sarvar Halilov
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













