Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport—2020» tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport—2020» tanlovi g‘olibi bo‘ldi
MDHdagi «Eng yaxshi aeroport—2020» tanlovida Navoiy xalqaro aeroporti g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport—2020» tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Foto: Uzbekistan Airports
Qariyb 30 yildan beri nodavlat va notijorat «Aeroport» assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovda hamdo‘stlik davlatlaridagi barcha aeropotlar qatori Navoiy xalqaro aeroporti ham 2012 yildan buyon ishtirok etib, jami 8 marotaba mukofot sohibiga aylangan.

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan mazkur havo darvozasi ishchi-xodimlarining mehnati hay’at a’zolari tomonidan e’tirof etilgan.

Ta’kidlanishicha, aeroportning yil davomida moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirgan ishlari, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi tanlov shartlariga ko‘ra munosib baholangan. «Aeroport» assotsiatsiyasining faxriy yorlig‘i hamda kubogi tantanali ravishda topshirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.