Toshkentda «Neksiya-3» va «Spark» o‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng yonib ketdi

Toshkentda «Neksiya-3» va «Spark» o‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng yonib ketdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
10 mart kunidan 11 mart kuniga o‘tar kechasi, Toshkentning Sh.Rustaveli ko‘chasida «Neksiya-3» va «Spark» rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

To‘qnashuvdan so‘ng ikkala mashinada ham yong‘in kelib chiqqan.

Mazkur voqeada jabrlanganlar yo‘q, chunki haydovchilar o‘z vaqtida mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Bir necha daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan va yong‘in bartaraf etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.