Yo‘l harakati qoidalarini buzish jarimadan qimmatga tushishi mumkin

Yo‘l harakati qoidalarini buzish jarimadan qimmatga tushishi mumkin
Foto: «Iibb.uz»
2021 yil 24 mart kuni taxminan soat 11:10 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Qo‘loqtepa ko‘chasidagi G‘ijduvon kafesi yonida ikkita transport vositalari: 28 yoshli Toshkent viloyatidan M.S. boshqaruvidagi «Spark» va 33 yoshli A.Ch. boshqaruvidagi «Honda» rusumli motosikl to‘qnashuvi yuz berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi orqaga burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan motosiklga yo‘l bermagan.

YTH natijasida motosikl haydovchisi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, tan shikastlari og‘irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.