Yil boshidan buyon 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun xorijga chiqib ketdi

Yil boshidan buyon 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun xorijga chiqib ketdi
Foto: RIA Novosti
Foto:2021 yil boshidan buyon O‘zbekistondan 10 mingga yaqin mehnat migranti xorijda ishlash uchun chiqib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, agentlik tomonidan 9 465 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Shundan:
- 8034 nafari Rossiya Federatsiyasiga;
- 1285 nafari Qozog‘iston Respublikasiga;
- 143 nafari Janubiy Koreyaga (mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga);
- 3 nafari BAAga yo‘l oldi.
Tashqi mehnat bozoridagi 220ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 64 ming 954ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.

O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 13 ming 427 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilindi, deyiladi ma’lumotda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.