Ota farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan barcha aliment pulini to‘lab berdi

Ota farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan barcha aliment pulini to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tuman tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 06.02.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor F.Xdan undiruvchi S.K foydasiga bir nafar farzandlaining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor F.Xdan bir nafar farzandlarini 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pulini qarzdor hisob-kitob qilib berish haqida davlat ijrochisiga murojaat qilgan.

Dastlab bu haqda undiruvchi S.Kni ogohlantirilib, uning roziligi asosida farzanlardi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun 50 mln. so‘m aliment hisoblangan bo‘lsada, qarzdor tomonidan ushbu pul mablag‘i aliment uchun to‘lab berilishi ta’minlangan.

Undiruvchi S.Kning arizasiga asosan ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilib, ijro hujjati tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov va taqiqlar to‘liq bekor qilingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.