Prezident matbuot kotibi: Afg‘oniston harbiylari yana O‘zbekiston chegarasidan o‘tishdi

Prezident matbuot kotibi: Afg‘oniston harbiylari yana O‘zbekiston chegarasidan o‘tishdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston chegarasini afg‘on harbiylari yana bir necha bor kesib o‘tganini ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishga bo‘lgan so‘nggi urinish 26 iyun kuni kuzatilgan. Surishtiruv va tergov harakatlaridan so‘ng ular Afg‘onistonga qaytarib yuborilgan.

22 iyun kuni Tolibon harakati jangarilari Afg‘oniston bilan Tojikiston o‘rtasidagi asosiy chegara punktini egallab olgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston TIV Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha bayonot bergandi. Unda 23 iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tgani ma’lum qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.