Baxmallik ota aliment uchun 150 mln so‘mni to‘lab berdi

Baxmallik ota aliment uchun 150 mln so‘mni to‘lab berdi
Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan, ya’ni Byuroning Baxmal tuman bo‘limi tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z samarasini bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Toyloq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan M.N.dan undiruvchi X.F.ning foydasiga 2 nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota yuzaga kelgan 150 mln so‘m qarzdorlikni undiruvchi X.F.ga to‘liq to‘lab berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.