Toshkentda yangi politsiya formasi va mashinalari taqdim qilindi

Toshkentda yangi politsiya formasi va mashinalari taqdim qilindi
18 sentabr kuni Ekoparkda Ekopolitsiya xodimlari uchun uniforma va xizmat mashinalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi «Gazeta.uz»

Ekologik nazorat guruhlari tarkibiga shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, post-patrul xizmati va Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari kiradi.
Toshkentda yangi politsiya formasi va mashinalari taqdim qilindi
Nazorat guruhlari O‘zbekistondagi ekologik vaziyatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan bir kun o‘tib shakllantirilgan. Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari tizimida Ekologik politsiya tashkil etilganligini e’lon qilgan edi.

Uning vazifasi ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan, noqonuniy daraxt kesish, brakonerlik, chiqindilarni noqonuniy tashlab ketishning oldini olishdan iborat.

Toshkent IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar hali qayta ishlash va tasdiqlash bosqichida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.