Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi «Barkamol avlod» bolalar maktabiga direktor etib tayinlandi

Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi «Barkamol avlod» bolalar maktabiga direktor etib tayinlandi
Foto: Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi
Qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi matbuot xizmati xabar berdi.

«Hammamizning maqsadimiz bitta — O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman», — deya o‘z xizmat vazifasiga kirishdi san’atkor.
Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi «Barkamol avlod» bolalar maktabiga direktor etib tayinlandi
Foto: Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi
Ta’kidlanishicha, tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun 2019 yilning oktabrida Prezident qaroriga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi «Barkamol avlod» respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy «Barkamol avlod» bolalar maktablari tashkil etilgan edi. «Barkamol avlod» bolalar maktablarida 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab «STEAM — ta’lim» dasturi joriy etilishi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.