«Uzbekistan Airways» Urganch, Nukus va Buxoroga qo‘shimcha qatnovlarni joriy qiladi

«Uzbekistan Airways» Urganch, Nukus va Buxoroga qo‘shimcha qatnovlarni joriy qiladi
«Uzbekistan Airways» yangi yil bayram kunlari arafasida – 2021 yilning 29 dekabridan 31 dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, aviachiptalar quyidagi harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida 29 dekabr chorshanba kuni qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi. Toshkentdan jo‘nab ketish - 17:00, Buxoroga yetib kelish - 18:10. Buxorodan jo‘nab ketish - 18:50, Toshkentga yetib kelish - 19:50.

Toshkent-Nukus-Toshkent yo‘nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi. Toshkentdan jo‘nab ketish - 13:10, Nukusga kelish - 14:50. Nukusdan jo‘nab ketish - 15:30, Toshkentga yetib kelish - 16:50.

Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida 29 dekabr va 31 dekabr kunlari qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi. 29 dekabr chorshanba: Toshkentdan jo‘nab ketish - 19:30, Urganchga yetib kelish - 21:00; Urganchdan jo‘nab ketish - 22:00, Toshkentga yetib kelish - 23:20. 31 dekabr juma: Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:50, Urganchga yetib kelish - 14:20; Urganchdan jo‘nab ketish - 15:20, Toshkentga yetib kelish - 16:40.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.