Toshkentda boshqa avtomobilning davlat raqamini taqib yurgan Nexia fosh etildi

Toshkentda boshqa avtomobilning davlat raqamini taqib yurgan Nexia fosh etildi
Foto: IIV
Toshkent shahri Chilonzor tumanida boshqa mashinaga tegishli davlat raqamidan foydalangan Nexia haydovchisi aniqlandi, deya xabar qilmoqda IIV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2022 yil 12 yanvar kuni soat 14:00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida 20 V 417 CA davlat raqam belgili Nexia haydovchisi to‘xtatilib, tekshirilgan.

Unga ko‘ra, ushbu davlat raqam belgisi aslida «VAZ-2106» avtomobiliga tegishli ekani, Nexia’ga tegishli bo‘lgan 20 Y 239 DA davlat raqam belgisi esa avtomobilning yukxonasida turgani ma’lum bo‘lgan.

Haydovchi I.O‘.ga (1994 yilda tug‘ilgan) nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.