Shavkat Mirziyoyev: «Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev: «Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q»
Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Qayd etilishicha, ta’lim-tarbiya — kelajak, hayot-mamot masalasi. «Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz», — deydi prezident.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, maktab faqat Xalq ta’limi vazirligi zimmasidagi mas’uliyat emas:

Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, mutlaqo yanglishadi.

Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.